A2ZAPK

Fizika Qo'llanma3.0

Fizika Qo'llanma v3.0

Downloads: 1328


Free

Fizika Qo'llanma / Specifications

Fizika Qo'llanma / Screenshots

Fizika Qo'llanma 3.0
Loading... Fizika Qo'llanma 3.0
Loading... Fizika Qo'llanma 3.0

Fizika Qo'llanma / Description

Fizika tabiat hodisalarining eng sodda va shu bilan birga eng umumiy qonunlarini materiyaning hossalari tuzilishi va uning harakat qonunlarini o`rganadigan fandir.
Fizika so`zi yunoncha «phusis»-tabiat so`zidan olingan bo`lib uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. shuning uchun ham uni uzoq vaqt tabiat falsafasi ham deb ataganlar. Tajribaviy materiallarning ko`payishi ularning ilmiy umumlashtirilishi va tekshirish usullarining takomillashtirilishi natijasida tabiat falsafasidan- astronomiya himiya biologiya geologiya va boshqa tabiiy fanlar jumladan fizika ham ajralib chiqqan. Shuning uchun ham fizikaning boshqa tabiiy fanlar bilan chegarasi shartli bo`lib vaqt o`tishi bilan o`zgarib boradi. Inson bilimining chuqurlashuvi bu fanlar orasida yanada chambarchas bog`lanish mavjudligini ko`rsatdi. Buning natijasi sifatida esa –astrofizika fizikaviy himiya biofizika geofizika kabi fanlar vujudga keladi.

Fizikaning qonunlari ma`lumotlarga asoslangan bo`lib asosan tajribalarda o`rnatilgan va matematik tilda ifodalangan miqdoriy tenglamalardan iboratdir. shu sababli u aniq fanlar qatoriga kiradi.
O`rganiladigan material harakatlari shakllari va ob`ektlarning ko`p qirraliligiga asosan fizika bir qator qismlarga bo`linadi:
1. Atom va molekulyar fizika;
2. Gaz va suyuqliklar fizikasi;
3. Qattiq jismlar fizikasi;
4. Plazma fizikasi;
5. Elementar zarrachalar fizikasi;
6. Yadro fizikasi.

Materiyaning harakat turlariga qarab fizika quyidagi bo`limlarga bo`linadi:
- Moddiy nuqta va qattiq jismlar mexanikasi;
- Termodinamika va statistika;
- Elektrodinamika;
- Optika;
- Gravitatsiya;
- Kvant mexanikasi;
- Maydonning kvant nazariyasi;
- Tebranish va to`lqinlar;
- Amaliy optika.

Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga bo`linadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi ma`lumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini ta`riflaydi o`rganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin bo`lgan hodisalarni oldindan aytib beradi. Amaliy fizika ham mavjud (masalan: amaliy optika yoki amaliy akustika).

Fizikaning tarixiy rivojlanishi. Fizika tarixini 3 davrga bo`lib o`rganish mumkin: 1) qad. zamondan 17-asrgacha bo`lgan davr; 2) 17-asrdan 19-asr oxirigacha bo`lgan davr. Bu davrdagi fizika fani odatda klassik fizika nomi bilan yuritiladi; 3) 19-asr oxiridan hozirgi paytgacha bo`lgan davr. Hozirgi zamon fizikasi (yoki eng yangi fizika) shu davrga mansub.

Ushbu qo`llanmada fizika faniga doir barcha ma`lumotlar qulay va ixshamli tushunarli qilib berilgan.
Ilova Abituriyentlar va Oliy o`quv yurti talababalari uchun mo`ljallangan.

Tags: Fizika fizika qo`llanma qo`llanma fizika fani Fizikadan testlar fizikadan masalalar testlar to`plami matematika fani matematika Universal qo`llanma Dtm testlari savol va masalalar.fizikadan kitob. elektron kitob.

Show More >

Fizika Qo'llanma / What's New in v3.0

Ba'zi xatolar tuzatildi

Choose Download Locations for Fizika Qo'llanma v3.0



Telegram

.

Fizika Qo'llanma / Tags

Share Fizika Qo'llanma At Social Media

.